date

Buxoroda hayvonlar bilan bog‘liq shov-shuvli huquqbuzarlik oshkor etildi

Buxoroda hayvonlar bilan bog‘liq shov-shuvli huquqbuzarlik oshkor etildi

Buxoro viloyatida ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi va mahalliy idoralar hamkorligida navbatdagi reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Tekshiruv jarayonida Peshku tumani cho‘l hududida ikki nafar shaxs tomonidan 8 dona kulrang g‘oz hech qanday ruxsatnomasiz ovlangani aniqlandi. Huquqbuzarlardan hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar uchun 3 mln 296 ming so‘m undirildi va jarima qo‘llandi. Qushlar olib qo‘yilib, hujjatlar sudga yuborildi.

Shuningdek, Buxoro shahri Markaziy bozori avtoturargohida fuqaro F.M. yo‘lbarssimon bo‘g‘ma ilon bilan sirk tomoshasi o‘tkazgani aniqlandi. Ilonga ruxsatnomalar yo‘q edi va uni saqlash hamda foydalanish qoidalari buzilgani ma’lum bo‘ldi.

Natijada ilon olib qo‘yildi, veterinariya tekshiruvidan o‘tkazildi va vaqtincha saqlash uchun Somoniy bog‘idagi hayvonot bog‘iga joylashtirildi.

Ma’lumot uchun, 2025 yildan boshlab jismoniy shaxslarga yovvoyi hayvonlarni yarim erkin sharoitda yoki tutqunlikda saqlash, hamda sirklarda namoyish etish ta’qiqlangan.

Huquqbuzar F.M.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 92¹-moddasi asosida bayonnoma tuzilib, hujjatlar sudga yuborildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda hayvonlar bilan bog‘liq shov-shuvli huquqbuzarlik oshkor etildi