Uch nafar voyaga yetmagan bolaning uy-joyga kiritilishi ta’minlandi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 2025 yil 19 dekabrdagi qaroriga asosan, undiruvchi M.A. uch nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan Yashnobod tumanida joylashgan, sobiq turmush o‘rtog‘iga tegishli bo‘lgan xonadonga kiritib qo‘yilishi belgilangan.
Ushbu ijro hujjati 2025 yil 24 dekabr kuni Majburiy ijro byurosining Yashnobod tuman bo‘limi davlat ijrochisi K.Bayzakova tomonidan ish yurituviga qabul qilinib, ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
Qarzdorga sud qarorini ixtiyoriy bajarish uchun muddat berilgan, ammo belgilangan vaqtda talab bajarilmagan.
Shundan so‘ng, 2026 yil 13 yanvar kuni davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlari amalga oshirilib, ona uch nafar farzandi bilan mazkur xonadonga kiritib qo‘yildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing