date

Gurlanda 132 mln. so‘m aliment pulini to‘lamagan fuqaroga chora ko‘rildi

Gurlanda 132 mln. so‘m aliment pulini to‘lamagan fuqaroga chora ko‘rildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor M.S.dan undiruvchi Sh.E.ning foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Gurlan tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.

Qarzdor M.S. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo‘lganligi sababli, 5 yil davomida qidiruv jarayonida bo‘lgan.

Qidiruv sho‘basi xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv harakatlari natijasida qarzdor M.S. topilib, to‘plangan hujjatlar sudga oshirildi.

O‘z farzandi uchun alimentdan bo‘lgan 132 mln. so‘m qarzdorligini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan qarzdor M.S.ga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Gurlan tumani sudining 15.01.2026 yildagi qaroriga asosan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Gurlanda 132 mln. so‘m aliment pulini to‘lamagan fuqaroga chora ko‘rildi