date

Farg‘onada 14 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etildi

Farg‘onada 14 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etildi

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida 9 yanvar kuni 14 yoshli voyaga yetmagan qizga nisbatan bir guruh shaxslar tomonidan zo‘ravonlik sodir etilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi.

Ichki ishlar vazirligi xotin-qizlar va bolalar masalalari bo‘yicha boshqarma rahbari Nilufar G‘iyosova Gazeta nashriga ma’lum qilishicha, ushbu voqea yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan 2026 yil 10 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismi (nomusga tegish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov davomida gumon qilinuvchi shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi talablariga muvofiq ushlandi. Sud qaror asosida ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Hozirgi paytda jinoyat ishi doirasida barcha zarur tergov harakatlari olib borilmoqda va tergov jarayonlari Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Bolalar ombudsmani Gazeta nashriga bildirishicha, mazkur holatga oid tafsilotlarni keng jamoatchilikka oshkor etish bola manfaatlariga zid. Jumladan, jabrlanuvchi voyaga yetmagan shaxsga oid shaxsiy ma’lumotlar va voqea tafsilotlarining ommaviy tarqalishi bolaning huquqlari va ruhiy salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada 14 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etildi