date

Buxoroda zavodda portlash: qurbonlar bor

Buxoroda zavodda portlash: qurbonlar bor
6 dekabr kuni ertalab Buxoro viloyatining Kogon tumanida joylashgan Shams Ltd korxonasida portlash sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan.

Korxona tog‘-kon sanoati uchun portlovchi moddalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Portlashdan so‘ng zavodda yong‘in boshlangan bo‘lib, uni bartaraf etish uchun yettita yong‘in-qutqaruv brigadasi jalb etilgan.

Korxonaning to‘rt nafar xodimi jarohat olgan, ularning ikkitasi tibbiy yordam olgach, uyiga qaytgan. Vaziyat nazoratga olingan, hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Shuningdek, vazirlik ma’lum qilishicha, davlat rahbari topshirig‘iga binoan maxsus hukumat komissiyasi tashkil etilgan. Komissiya jabrlanganlarga yordam ko‘rsatadi hamda voqea sabablarini aniqlaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda zavodda portlash: qurbonlar bor