date

Navoiyda 4 ayolni Rossiyaga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Navoiyda 4 ayolni Rossiyaga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Navoiy viloyatida 4 nafar ayolni Rossiyaga fohishalik uchun “sotib yuborish”ga uringan 32 yoshli ayol qo‘lga olindi, deb IIV xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u vatandoshlarini chet elda “ish bor” degan vaj bilan aldab, yo‘l xarajatlarini o‘zi qoplashini aytib ishonchga kirgan.

Qayd etilishicha, gumonlanuvchi Samarqand viloyati Paxtachi tumanida yashaydi va moddiy-ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan 1978, 1989 hamda 1994 yillarda tug‘ilgan ayollarni tanlab, ularni Rossiyaga olib ketishga urinib ko‘rgan. Biroq u “Anya” ismli shaxs bilan kelishib, ayollarni fahsh maqsadlarda “sotish” va har biri uchun va’da qilingan 400 rublni olishni ko‘zlagani aytiladi.

Xodimlar tezkor tadbirlari natijasida Toshkent xalqaro aeroportida aldov qurboniga aylangan ayollar to‘xtatib qolingan, gumonlanuvchi esa daliliy ashyolar bilan ushlangan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyda 4 ayolni Rossiyaga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi