
Namangan viloyatida Raqobat qo‘mitasi tomonidan Yas-Petroleum Trade kompaniyasiga reklama qonunchiligini buzganlik uchun jarima solindi. Mazkur firma ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini Li Auto avtomobillarining rasmiy dileri sifatida ko‘rsatgan reklama e’lon qilgan.
Tekshiruv natijasida bu ma’lumotlar haqiqatga mos kelmasligi va xaridorlarni chalg‘itishi mumkinligi aniqlangan. Kompaniyaga yolg‘on reklama materiallarini o‘chirib tashlash va kelgusida bunday qonunbuzarliklarni takrorlamaslik majburiyati yuklatildi.
Yas-Petroleum Trade kompaniyasi 2022 yili Namangan viloyatida tashkil etilgan bo‘lib, avtomobillar savdosi bilan shug‘ullanadi. Uning yagona egasi Anvarbek Usmonov hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.