date

Namanganda ko‘mir korrupsiyasi fosh etilgani ma’lum bo‘ldi

Namanganda ko‘mir korrupsiyasi fosh etilgani ma’lum bo‘ldi
Namangan viloyatida "Kumir ta'minot" MChJ hududiy filialining mansabdor shaxsiga nisbatan katta miqdorda pora olishda gumon qilinib, jinoyat ishi qo'zg'atildi. Bu haqda Podrobno.uz xabar beradi.

Huquqni muhofaza qilish organlari ma'lumotlariga ko'ra, filial boshlig'i o‘rinbosari fuqarodan uni viloyatdagi ko‘mir ombori rahbari lavozimiga tayinlash uchun 40 ming dollar talab qilgan. Shuningdek, u yuqori lavozimdagi tanishlariga tayanib, omborga keladigan ko‘mir vagonlari sonini oshirishni va'da qilgan.

Joriy yilning 6 dekabr kuni gumonlanuvchi filial xodimi orqali talab qilingan summaning birinchi qismi — 25 ming dollarni olgan va fuqaroning ombor boshlig‘i lavozimiga tayinlanishini ta'minlagan. Keyinchalik, mansabdor shaxs qolgan 15 ming dollarni, shuningdek, qo‘shimcha 30 vagon ko‘mir yuborish uchun 7,5 ming dollar talab qilgan.

Jami 22,5 ming dollarni vositachi orqali olayotgan vaqtida, gumonlanuvchilar Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Hozirda ular ustidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik), 4-qismi, "a" bandi va 211-moddasi, 3-qismi, "a" bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ularni qamoqqa olish chorasiga qaror qilingan. Qayd etilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida aholiga ko‘mir yetkazib berish o‘z vaqtida va imtiyozli narxlarda amalga oshirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda ko‘mir korrupsiyasi fosh etilgani ma’lum bo‘ldi