
Aktyor Shohrux Mirzo Abduqunduzov “Omon-omon” ko‘rsatuvidagi suhbatida o‘zining oilaviy kelib chiqishi haqida ma’lumot berdi. U O‘zbekiston xalq artisti Muhammadali Abduqunduzovga qanday qarindosh ekanligini oshkor qildi va Muhammadali Abduqunduzovning katta nabirasi ekanini aytdi.
Shohrux Mirzoning aytishicha, bir tomon bobosi Muhammadali Abduqunduzov, ona tarafdan esa O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim bo‘lgan. Shu sababli unga katta mas’uliyat yuklanganini ta’kidladi. “Shuning uchun ko‘p seriallarda ishtirok etishga rozi bo‘lmayman. Iloji boricha faqat teatrlarda faoliyatimni davom ettiraman. Menga hech qachon unday bo‘lishing kerak, bunday bo‘lishing kerak deb singdirishmagan,” — deya qo‘shimcha qildi Shohrux Mirzo.
Ma’lumot o‘rnida, Shohrux Mirzo Abduqunduzov bu yil 21 avgust kuni mashhur videobloger Obid Nasriddinov bilan birga ko‘plab videolar oladigan Oyshaxon bilan turmush qurganini eslatib o‘tish joiz.

Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.