date

Dunyodagi eng kichik superkompyuter rekord o‘rnatdi

Dunyodagi eng kichik superkompyuter rekord o‘rnatdi

Tiiny AI nomi bilan tanilgan qurilma dunyodagi eng kichik superkompyuter sifatida namoyish etildi. Uning nihoyatda ixcham hajmi Ginnes rekordlar kitobida qayd etilishiga sabab bo‘ldi.

Qurilma 12 yadroli ARM v9.2 chipi, 80 GB tezkor xotira va 190 TOPS gacha unumdorlikka ega neyroprotsessor bilan jihozlangan. Hajmi oddiy pauyerbankka teng bo‘lsa-da, u kuchli hisoblash imkoniyatlarini taqdim etadi.

Tiiny AI og‘ir lokal sun’iy intellekt modellarini, jumladan gpt-oss-120b kabi tizimlarni ishga tushira oladi. Qurilmani oddiy noutbukga ulash mumkin. Qolgan tafsilotlar 2026 yil yanvar oyida CES ko‘rgazmasida e’lon qilinadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Dunyodagi eng kichik superkompyuter rekord o‘rnatdi