date

«Atletiko» Syorlotni 35–40 mln yevroga sotmoqchi


Madridning «Atletiko» klubi norvegiyalik markaziy hujumchi Aleksandr Syorlot bilan qishki transfer oynasida xayrlashishi mumkin. Bu haqda insayder Matteo Moretto xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «matraschilar» rahbariyati skandinav futbolchini foydali taklif tushsa, qo‘yib yuborishga tayyor. Madridlik top-klub Syorlot transferidan 35–40 million yevro ishlab olishni mo‘ljallamoqda.

30 yoshli hujumchi «Atletiko» safiga o‘tgan yil yozida kelib qo‘shilgan. Joriy mavsumning birinchi yarmida norvegiyalik futbolchi 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.

Syorlotning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Atletiko» Syorlotni 35–40 mln yevroga sotmoqchi