Barkola «Liverpul»ga o‘tish uchun shart qo‘ydi

«PSJ»ning fransiyalik vingeri Bredli Barkola faoliyatini «Liverpul»da davom ettirishi mumkin. Indykaila News xabariga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi agentiga «Liverpul» uni sotib olmoqchi bo‘lsa, o‘yin amaliyoti bo‘yicha kafolat berishi kerakligini aytgan.
Barkola mersisaydliklar safiga faqat darhol asosiy tarkib futbolchisiga aylansa, o‘tishga rozi. Joriy mavsumda Barkola barcha musobaqalarni hisobga olganda 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt mutaxassislari hujumchining qiymatini 70 million yevroga baholamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing