date

Oʻzbekiston–Xitoy arxeologlari Kuva shahristoni devorlarining qadimiy qismlarini aniqladi

Oʻzbekiston–Xitoy arxeologlari Kuva shahristoni devorlarining qadimiy qismlarini aniqladi

Fargʻona vodiysida Oʻzbekiston va Xitoy arxeologlari Kuva shahristoniga tegishli qadimiy mudofaa devorlarining parchalarini topdi. Mutaxassislar topilma davrini miloddan avvalgi III asrdan milodiy X asrgacha bo‘lgan oraliqqa mansub, deya baholamoqda. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Topilma «Loyan – Fargʻona» qoʻshma ekspeditsiyasi ishlari davomida qayd etildi. Ekspeditsiya ishtirokchilariga ko‘ra, bu dalil Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab shakllangan shaharlardan birining tarixiy taraqqiyoti hamda Sharq va Gʻarb o‘rtasidagi aloqalarni yoritishda muhim ashyoviy manba bo‘lib xizmat qiladi.

Kuva shahristoni Oʻzbekistonning sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, maydoni qariyb 110 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Qadimda ushbu hudud Ipak yo‘lining yirik tugunlaridan biri bo‘lgan va ikki ming yildan ortiq vaqt davomida Xitoy bilan muntazam aloqalarni saqlab kelgan.

Dastlabki tahlillar mudofaa inshootlari turli davrlarda bir necha bor qayta qurilganini ko‘rsatdi: Parfiya podsholigi, Davan davlati va Soʻgʻdiyona davrlaridan tortib Somoniylar zamonigacha. Xitoy tomoni rahbari Lyu Binning ta’kidlashicha, devor qurilishidagi texnologik o‘zgarishlar turli asrlarda qaysi materiallar qo‘llangani va mintaqalar o‘rtasida madaniy almashinuv qanday kechganini anglashga yordam beradi.

Qo‘shma arxeologik guruh 2023 yilda Loyan arxeologiya instituti hamda Fargʻona davlat universiteti hamkorligida tuzilgan. Hozirgacha hududdan saroylar, shahar darvozalari, devorlar, turar joylar, ko‘chalar va hunarmandchilik ustaxonalari izlari topilgan. Olimlar kelasi yilda saroy majmuasida tizimli qazish ishlarini boshlashni, natijada qadimiy shahar rejasini va uning funksiyalarini to‘liqroq tiklashni rejalashtirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekiston–Xitoy arxeologlari Kuva shahristoni devorlarining qadimiy qismlarini aniqladi