Andijonda probatsiya inspektori mahkumdan pul undirmoqchi bo‘lganida ushlandi

Ma’lumotga ko‘ra, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi probatsiya guruhi inspektori mahkum ayol bilan moddiy manfaat yo‘lida noqonuniy munosabatga kirishib, undan 1 million 600 ming so‘m talab qilgan. U bu mablag‘ni ayolga firmaga 800 ming so‘m to‘laganini aytib, talab qilgan.
Ayol, mazkur holatdan xavotir olib, Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasiga murojaat qilgan va shu tariqa inspektor ushlandi.
Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan maxsus yig‘ilishda inspektorning harakatlari muhokama qilindi, va u ichki ishlar organlaridan o‘z xohishi bilan ketishga qaror qildi.
Shuningdek, avvalroq Toshkent viloyati Bekobod shahridagi ichki ishlar xodimi 10 ming dollar bilan qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing