date

Samarqandda 29 yoshli erkakning qornidan 200 gramm mix chiqdi

Samarqandda 29 yoshli erkakning qornidan 200 gramm mix chiqdi

Samarqandda tibbiyot amaliyotida kam uchraydigan, lekin odamni larzaga soladigan holat qayd etildi. 29 yoshli fuqaroning qorin bo‘shlig‘idan jami 200 grammga yaqin mix va “samorez”lar olib tashlandi. Bu haqda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filiali ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, A.E. ismli 29 yoshli bemor muassasaga qorin sohasidagi kuchli og‘riq bilan olib kelingan. Shoshilinch qabul bo‘limida o‘tkazilgan diagnostika hamda laboratoriya tekshiruvlari natijasida uning me’da-ichak tizimida katta miqdorda yot jismlar borligi aniqlangan. Dastlabki xulosalarga ko‘ra, bu metall buyumlar inson hayoti uchun o‘ta xavfli holatni yuzaga keltirgan.
Shifokorlar bemorni vaqtida qutqarib qolish maqsadida shoshilinch jarrohlik amaliyotiga kirishgan. Laparotomiya va gastrostomiya usulida o‘tkazilgan operatsiya davomida qorin bo‘shlig‘idan mixlar, “samorez”lar hamda boshqa metall jismlar chiqarib olingan.
Ayni paytda bemorning ahvoli qoniqarli ekani aytilmoqda. U shifokorlar nazorati ostida davolanishda davom etmoqda.
Tibbiyot muassasasi ma’lumotlariga ko‘ra, erkak qattiq stress holatida bo‘lib, o‘z xatti-harakatlarini nazorat qila olmagani sabab ushbu buyumlarni yutib yuborgan bo‘lishi mumkin. Mutaxassislar esa bunday holatlar ruhiy bosim va og‘ir psixologik holat oqibatida yuzaga kelishi mumkinligini eslatib, stress belgilarini yengil ko‘rmaslikka chaqirmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda 29 yoshli erkakning qornidan 200 gramm mix chiqdi