date

Beshqo‘rg‘ondagi yirik yong‘indan so‘ng bozor faoliyati vaqtinchalik to‘xtatildi

Beshqo‘rg‘ondagi yirik yong‘indan so‘ng bozor faoliyati vaqtinchalik to‘xtatildi

Beshqo‘rg‘on bozorida yuz bergan yirik yong‘in ortidan bozor faoliyati vaqtinchalik to‘xtatildi. Hodisa Toshkent shahrining Chilonzor tumanida sodir bo‘lgani xabar qilingan edi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, yong‘indan keyin hududdagi barcha obyektlar zudlik bilan tekshiruvdan o‘tkazildi. Jumladan, bozor atrofida joylashgan yoqilg‘i quyish shoxobchasi va savdo majmuasida yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi o‘rganildi.

Tekshiruv davomida jiddiy kamchiliklar aniqlandi. Xususan, yoqilg‘i saqlanadigan rezervuarlarga juda yaqin masofada joylashgan binodan omborxona sifatida foydalanilayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu esa xavfsizlik qoidalariga zid ekani ta’kidlanmoqda.

Shuningdek, savdo kompleksida o‘rnatilgan avtomatik yong‘in o‘chirish tizimi nosoz holatda ekani qayd etildi. Bundan tashqari, bir qator boshqa yong‘in xavfsizligi talablari ham qo‘pol ravishda buzilgani ma’lum bo‘ldi.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, barcha aniqlangan kamchiliklar to‘liq bartaraf etilmaguncha bozor va unga tutash obyektlar faoliyati vaqtinchalik to‘xtatib turiladi.

Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tadbirkorlarga murojaat qildi:

“Hurmatli tadbirkorlar! Yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qiling. Mutaxassislar tomonidan berilayotgan tavsiyalarga amal qiling. Xavfsizlik talablarini e’tiborsiz qoldirish og‘ir oqibatlar va katta fojialarga olib kelishi mumkin”, — deyiladi xabarda.

Ayni paytda mas’ul idoralar tomonidan xavfsizlik talablarini tiklash va bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Beshqo‘rg‘ondagi yirik yong‘indan so‘ng bozor faoliyati vaqtinchalik to‘xtatildi