Mikel Arteta Arsenal bilan yangi shartnoma imzolaydimi?

1 daqiqa o'qish218
Mikel Arteta Arsenal bilan yangi shartnoma imzolaydimi?

Mikel Arteta Arsenal boshqaruvida tarixiy natijalar sari odimlamoqda. Jamoa ayni damda Angliya Premer-ligasi va Chempionlar ligasida gʻoliblik uchun kurash olib borayotgani sababli, ispaniyalik mutaxassisning kelajagi London klubi muxlislari uchun asosiy mavzuga aylandi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Transferlar boʻyicha ekspert Fabritsio Romanoning taʼkidlashicha, tomonlar yangi shartnoma borasida muzokaralarni davom ettirmoqda, biroq yakuniy qaror mavsum yakuniga qadar qoldirilgan. Hozirda klubning barcha eʼtibori sovrinlar uchun kechayotgan hal qiluvchi oʻyinlarga qaratilgan.

Arsenal joriy mavsumda oʻz tarixida ilk bor Chempionlar ligasi gʻolibi boʻlishni maqsad qilgan. Shuningdek, jamoa 2003-04 yilgi mavsumdan buyon ilk bor Angliya chempionligini qoʻlga kiritish uchun ajoyib imkoniyatga ega.

Artetaning amaldagi shartnomasi kelasi mavsum oxirigacha moʻljallangan. Klub rahbariyati mavsum yakunlangach, uning maoshini oshirgan holda yangi bitim imzolashni rejalashtirmoqda. Bu qadam mutaxassisning Yevropa futbolidagi nufuzli murabbiylar qatorida ekanligini tasdiqlaydi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?