date

Rossiyaliklarning yarmidan ko‘pi Bitcoin sotib olmaganidan afsusda

Rossiyaliklarning yarmidan ko‘pi Bitcoin sotib olmaganidan afsusda

Rossiyaliklarning 58 foizi o‘tmishda Bitcoin sotib olmaganidan afsuslanishini ma’lum qildi. Bu haqda TASS agentligi «Sravni» moliyaviy marketpleysi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga tayanib xabar berdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Tadqiqot Rossiyaning barcha hududlaridan 18 yoshdan oshgan 1,7 ming nafar respondent ishtirokida onlayn tarzda o‘tkazildi. Ishtirokchilar o‘zlarining moliyaviy o‘tmishidagi eng katta o‘tkazib yuborilgan imkoniyatlarni baholashdi.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, ikkinchi o‘rinda dollarni 30 rubl kursida sotib olmaganlik holati turibdi – respondentlarning 29 foizi aynan shu qarorni o‘zgartirgan bo‘lar edi. Shuningdek, ishtirokchilarning 10 foizi birinchi ish haqidan boshlab pul yig‘ishni boshlashni istashlarini bildirishdi.

Respondentlarning atigi 9 foizi o‘zining moliyaviy o‘tmishida hech narsani o‘zgartirmasligini va barcha qarorlaridan qoniqish hosil qilishini ta’kidladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Rossiyaliklarning yarmidan ko‘pi Bitcoin sotib olmaganidan afsusda