date

O‘zbekistonda yangi turarjoylar soni ko‘paymoqda

O‘zbekistonda yangi turarjoylar soni ko‘paymoqda

2026 yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda turarjoy qurilishi o‘sishda davom etdi. Uch oy davomida foydalanishga topshirilgan uy-joylarning umumiy maydoni 3,3 million kvadrat metrdan oshgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,6 foizga yuqori bo‘lgan. Bu mamlakatda qurilish sohasi faolligi saqlanib qolayotganini ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, 2025 yil davomida respublika bo‘ylab 69,1 mingta yakka tartibdagi turarjoy foydalanishga topshirilgan. Bu esa 2024 yilga nisbatan 2,4 ming taga ko‘proq ekani qayd etilgan.

Mutaxassislar uy-joy qurilishidagi o‘sishni aholining turarjoyga bo‘lgan talabi ortayotgani hamda qurilish loyihalarining ko‘payishi bilan izohlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda yangi turarjoylar soni ko‘paymoqda