Niko Kovac Karim Adeyemi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

1 daqiqa o'qish122
Niko Kovac Karim Adeyemi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

Borussia Dortmund bosh murabbiyi Niko Kovac hujumchi Karim Adeyemi bilan munosabatlari yomonlashgani haqidagi xabarlarni keskin rad etdi. Mutaxassis germaniyalik futbolchining ulkan salohiyatga ega ekanligini va kelajakda jahon darajasidagi yulduzga aylanishi mumkinligini ta'kidladi. Adeyemi joriy mavsumda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Kovacning so‘zlariga ko‘ra, Adeyemi o‘z ustida ishlashda davom etishi va mashg‘ulotlarda yanada aniqroq harakat qilishi kerak. Hujumchiga Manchester United va Newcastle kabi ingliz klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan bo‘lsa-da, Dortmund rahbariyati jamoada barqarorlikni saqlab qolishga intilmoqda.

Shuningdek, Niko Kovac o‘zining Dortmunddagi kelajagi haqidagi savollarga ham javob berdi. U klub rahbariyati bilan hamkorlikdan mamnunligini va Lars Ricken bilan birgalikda jamoani rivojlantirishda davom etishni istashini bildirdi. Murabbiyning amaldagi shartnomasi 2027-yilga qadar mo‘ljallangan.

Murabbiy yosh futbolchilarga imkoniyat bermasligi haqidagi tanqidlarga ham munosabat bildirdi. U o‘z faoliyati davomida Aurelien Tchouameni, Marcelo Brozovic va Mateo Kovacic kabi ko‘plab iqtidorli o‘yinchilarni tarbiyalab, katta futbolga olib chiqqanini eslatib o‘tdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?