date

Shok xabar: Buxoroda maishiy gaz bilan to‘ldirilgan havo sharlari kutilmaganda kuchli yong‘in sodir etdi

Shok xabar: Buxoroda maishiy gaz bilan to‘ldirilgan havo sharlari kutilmaganda kuchli yong‘in sodir etdi

Buxoro viloyatida oddiy havo sharlarini maishiy tabiiy gaz bilan to‘ldirib sotish holati aniqlandi. Viloyat IIB ma’lumotiga ko‘ra, shar sotuvchisi 2007 yilda tug‘ilgan yigit bo‘lgan.

Tekshiruv davomida u sharlarni tanishining uyidagi maishiy gaz orqali to‘ldirgani ma’lum bo‘ldi. Keyin esa ushbu sharlar ko‘chada sotilgan.

Mazkur xavfli holat oqibatida yong‘in kelib chiqqan. Hodisa atrofdagilar xavfsizligiga jiddiy tahdid tug‘dirgani ta’kidlanmoqda.

Ayni paytda shar sotgan yigit hamda gazdan foydalanilgan xonadon egasiga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Shok xabar: Buxoroda maishiy gaz bilan to‘ldirilgan havo sharlari kutilmaganda kuchli yong‘in sodir etdi