Buxoroda soliq boshqarmasi xodimi bir yo‘la uch farzandli bo‘ldi

Foto: Xabar.uz
Buxoro shahrida yashovchi 31 yoshli Dilrabo Latipova bir yo‘la uch egizak farzandni dunyoga keltirdi. Tug‘uruq Buxoro shahar tug‘uruq majmuasida muvaffaqiyatli o‘tgan.
Ma’lum qilinishicha, 1995-yilda tug‘ilgan ayol uchinchi bor ona bo‘lish jarayonida ikki qiz va bir o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Shifokorlar chaqaloqlarning salomatligi va vazni qoniqarli ekanini bildirmoqda.
Chaqaloqlardan o‘g‘il bola 2400 gramm, qizaloqlar esa 2140 va 2200 gramm vaznda tug‘ilgan. Mutaxassislarga ko‘ra, uch egizakli homiladorlik yuqori xavfli holat hisoblanadi va doimiy tibbiy nazoratni talab qiladi.
Akusher-ginekolog Orasta Qilichevaning aytishicha, homiladorlik davri davomida ona shifokorlar kuzatuvida bo‘lgan. Tug‘uruq jarayoni muvaffaqiyatli kechgan va ayni paytda ona hamda chaqaloqlarning ahvoli yaxshi.
Ma’lum bo‘lishicha, chaqaloqlarning otasi Umid Allayorov Buxoro viloyati soliq boshqarmasida faoliyat yuritadi. Uch egizakning dunyoga kelishi bilan oilada farzandlar soni besh nafarga yetdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!