Xalqaro press-klubning 2017 yil 2 avgust kuni o‘tkazilgan navbatdagi sessiyasi “Oliy ta’lim: rivojlanish istiqbollari” mavzusiga bag‘ishlandi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish “Iste’dod” jamg‘armasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari rahbarlari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etishdi.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasining amalga oshirilishi davlat va jamiyat qurilishini izchil takomillashtirishni ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish sur’atlarini jadallashtirish, ilg‘or innovasion va ilm-fan yutuqlariga asoslangan texnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga yo‘naltirilgan ishlarga yangicha sur’at berdi.
Bu muhim maqsadlar yuqori malakali mutaxassislar, pedagog va ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini ilg‘or xorij tajribasini o‘rganish va uning eng yaxshi yutuqlarini davlat va jamoat tuzilmalari, iqtisodiyot tarmoqlarida tatbiq etish asosida jiddiy qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish zaruratini taqozo etadi.
Oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar ham aynan shu maqsadlarga qaratilgan. Zero, ushbu tizim turli darajadagi kamchiliklardan xoli emas.
Xususan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha qo‘mitasi (UNESCO) va konsalting tashkiloti (DGP Research & Consulting) hamkorligida jalb qilingan nufuzli xorijiy ekspertlar guruhi tomonidan 2017 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini kompleks o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillar natijalari asosida berilgan xulosalarda oliy ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot yaxlitligi ta’minlanmaganligi, talabalarning malakaviy amaliyotlarini ishlab chiqarish korxonalarida o‘tkazish samarali tashkil etilmagani oqibatida bitiruvchilarning aksariyat qismi tayyor mutaxassis bo‘lib chiqish o‘rniga, ishga joylashgandan keyin qaytadan o‘z kasbini, mutaxassisligini o‘rganayotganligi, shuningdek, ta’lim sifatini nazorat qilish mexanizmi zamonaviy talablarga javob bermasligi, ta’lim muassasalarida malakali pedagog va boshqaruv kadrlarining etishmasligi, xorijiy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlik etarlicha yo‘lga qo‘yilmaganligi kabi kamchiliklar qayd etilgan.
Viloyatlarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlarini tatbiq etish, yoshlarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish borasida ta’lim muassasalarini malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash yo‘nalishlarida qator dolzarb masalalar mavjud.
Sanoat ishlab chiqarish tarmoqlarining uzoq muddatli va barqaror rivojlanishi, yangi ishlab chiqarish vositalarini amalga tatbiq qilish, ularning mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishdagi samaradorligini ta’minlash va yuqori oshirilgan qiymatdagi mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha belgilangan vazifalar ilg‘or xalqaro tajribalar asosida yuqori malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashni talab etadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»