Bolalarga dadasidan qanday hid kelishini so‘ragan tarbiyachi jazolandi

1 daqiqa o'qish4.6K
Bolalarga dadasidan qanday hid kelishini so‘ragan tarbiyachi jazolandi

Farg‘ona viloyatida bolalarga noo‘rin savollar bergan tarbiyachiga nisbatan intizomiy chora qo‘llandi, deb xabar berdi viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda tarbiyachi bolalardan “dadasidan qanday hid kelishi” haqida so‘rab, og‘zaki so‘rovnoma o‘tkazgani aks etgan. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur holat Furqat tumanidagi 1-sonli davlat bog‘chasida sodir bo‘lgan.

Tekshiruv davomida aniqlanishicha, tarbiyachi S.O. mazkur so‘rovnomani o‘quv dasturlarida ko‘zda tutilmagan holda, mustaqil ravishda o‘tkazgan va videoni ota-onalar uchun tuzilgan Telegram guruhiga joylashtirgan.

U bilan suhbat o‘tkazilib, u qilgan ishi oqibatlarini o‘ylab ko‘rmaganini tan olgan. Shuningdek, uning ish hujjatlari va faoliyati to‘liq tekshirilib, ayrim kamchiliklar aniqlangan.

Natijada tarbiyachidan tushuntirish xati olindi va unga nisbatan hayfsan intizomiy jazosi qo‘llandi.

Boshqarmaga ko‘ra, bu holat pedagogik etika talablarini buzish deb baholanib, boshqa tarbiyachilarga ham bunday xatolarni takrorlamaslik bo‘yicha ogohlantirish berildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?