date

Urganch shaharda yana bitta noqonuniy qurilma buzdirildi

Urganch shaharda yana bitta noqonuniy qurilma buzdirildi

Majburiy ijro byurosining Urganch shahar bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan javobgar Z.Udayevaga nisbatan noqonuniy qurilishni buzdirish va yer maydonini oldingi holatga keltirish haqidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Ijro hujjati talablarini ixtiyoriy ravishda bajarishi uchun bir necha marotaba ogohlantirishlarga qaramasdan, qarzdor noqonuniy qurilishni buzmagan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida davlat ijrochilari tomonidan mazkur ijro varaqada belgilangan noqonuniy qurilishni majburiy tartibda buzdirilib, ijro hujjati bo‘yicha ish yurituvi tamomlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Urganch shaharda yana bitta noqonuniy qurilma buzdirildi