date

Soxta chegirmalar taqiqlandi


O‘zbekiston hukumati chegirmalar e’lon qilishdan oldin narxlarni oshirishni taqiqladi. Ushbu yangi qoidalar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va halol raqobatni rivojlantirishga qaratilgan.

Hujjat doirasida do‘konlar va savdo tarmoqlariga quyidagi majburiyatlar yuklandi: mijozlarni chalg‘ituvchi harakatlarga yo‘l qo‘yilmasligi lozim. Sun’iy ravishda yuqori «eski narx» ko‘rsatilishi yoki e’lon qilingan shartlarga mos kelmaydigan mahsulotlarga chegirmalar taklif qilinishi qat’iyan man etiladi.

Yangi qoidalarga rioya qilish ustidan nazorat Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga yuklatildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Soxta chegirmalar taqiqlandi