date

Qarzni to‘lamagan fermer endi mashinasidan ayrildi

Qarzni to‘lamagan fermer endi mashinasidan ayrildi

Qarzdorlik — bu shunchaki raqam emas, u moliyaviy intizomning ko‘zgusidir. Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida joylashgan “B.B.” fermer xo‘jaligi buni o‘z tajribasida his qildi.

Fermer xo‘jaligi rahbari davlat soliq inspeksiyasiga jami 12 ta ijro hujjati bo‘yicha 194 million so‘m qarzdor bo‘lib qolgan. Davlat ijrochilari tomonidan bir necha bor ogohlantirishlar berilgan bo‘lsa-da, xo‘jalik rahbari bu ogohlantirishlarga jiddiy yondashmagan.

Tushuntirish ishlari samara bermagach, MIB xodimlari majburiy ijro choralarini qo‘lladi. Fermer minib yurgan “Volkswagen” avtomashinasi xatlandi. Ammo bu ham rahbarni hushyor qilmagan — u davlat ijrochilariga nisbatan tajovuzkor ohangda gapirib, vaziyatni inkor etishda davom etgan.

Shunga qaramay, qonun o‘z so‘zini aytdi. Davlat ijrochilari avtomobilni auksion orqali sotuvga tayyorlashni boshladi. Mashinani sotishdan tushgan mablag‘ fermer xo‘jaligining davlat oldidagi qarzini qoplashga yo‘naltiriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzni to‘lamagan fermer endi mashinasidan ayrildi