8 019
Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi: Qozog‘istondagi avtobus yonishi oqibatida 52 kishi vafot etdi
Avvalroq, Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Irg‘iz tumanida bugun, 18 yanvar kuni “Samara-Chimkent” avtomobil yo‘lining 1068-kilometrida, Kalibay aholi punktidan 10-km uzoqlikda “Ikarus” rusumli yo‘lovchi avtobusi harakatlanish chog‘ida yonib ketgani haqida xabar bergan edik. Dastlabki ma’lumotlarda OAVlar ushbu avtobusda 52 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lganini ma’lum qilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirli ushbu fojia yuzasidan rasmiy bayonot bilan chiqdi.
Avtobus salonida 55 nafar yo‘lovchi (dastlabki ma’lumotlarga qaraganda O‘zbekiston fuqarolari) va 2 nafar haydovchilar bor bo‘lib, ulardan 5 kishiga Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasining Halokatlarda tibbiy yordam ko‘rsatish markazi tomonidan tibbiy yordam berilgan, qolgan 52 kishi voqea joyida vafot etgan.
Shu munosabat bilan O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Elchixonasi xodimlari joyida yordam ko‘rsatish uchun zudlik bilan Irg‘iz tumaniga yuborildi, deyiladi TIV rasmiy axborotida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi