2018 yilning 13 yanvar kuni 3 nafar noma’lum shaxs Muqimiy ko‘chasida to‘xtab turgan “PREMIUM COMMUNICATIONS” MCHJga tegishli “Lasetti” rusumli avtomashinaga hujum qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ular avtomashina ichida bo‘lgan S.Sh. va Ya.Ya.ning turli joylariga urib-tepib tan jarohati yetkazib, pichoq va pnevmatik pistolet bilan qo‘rqitishgan hamda S.Sh.ni elektroshoker bilan urib, falaj holatga keltirib, unga tegishli 15 mln. so‘m hamda Ya.Ya.ga tegishli 8 mln. so‘m pullarni olib, voqea joyidan yashiringanlar.
Ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni Olmazor tumani R.Ashurov ko‘chasida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1984 yilda tug‘ilgan U.S. sodir etganligi aniqlanib qo‘lga olingan. Uning sheriklarini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi