O‘zbekistonda 1990 yilning oxiridan beri yirik bayramlar arafasida o‘tkazib kelinayotgan “Tozalash-Antiterror” operatsiyalari to‘xtatildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB rahbari o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev 1 martda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.
“Tozalash-Antiterror” tadbiri Musatqillik bayrami, Konstitutsiya kuni, Yangi yil, Navro‘z va boshqa bayramlar arafasida o‘tkazilar edi.
Ushbu operatsiya o‘rniga O‘zbekiston Prezidentining 14 fevraldagi “Jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikning oldini olish va Toshkentda jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi farmoniga asosan “Xavfsiz hudud” kompleks chorasi joriy etiladi.
IIBB rahbari o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, 15 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan “Tozalash-Antirerror” operatsiyalari 1999 yilning fevralida poytaxtda sodir bo‘lgan portlashlarga aloqador.
Shuningdek, ma’lum qilinishicha, avvalgidek “maqsadli” pasport va viza nazorati endilikda o‘tkazilmaydi.
“IIBB xodimlari sektorlardagi oilalarning ijtimoiy holatini o‘rganish bilan shug‘ullanadi va qandaydir huquqbuzarliklar aniqlansa ularni nazorat qiladi. Yordam berish, maslahat berish, odamlarni propiskaga qo‘yish borasida yordam beramiz. Endilikda propiskasi yo‘q odamlarni zudlik bilan ro‘yxatga olish ishlari amalga oshirilmaydi. Dastlab ogohlantirish beriladi” — dedi Doniyor Toshxo‘jayev. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi