Foto: Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi
Yangiyo‘l tumanida “Matiz” haydovchisi urib yuborgan ayol vafot etdi. Bu haqda “Xabar.uz”ga Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xabar berdi.
Xabarda qayd etilishicha, 2018 yilning 22 mart kuni soat 21.00 larda Yangiyo‘l tumanida yashovchi, 1971 yilda tug‘ilgan A.G. o‘z boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinani “Toshkent — Dushanbe” avtomobil yo‘lining 28-kilometrida boshqarayotib, piyoda, Yangiyo‘l tumanida yashagan, Yangiyo‘l shahridagi 9-sonli maktabning o‘qituvchisi, 1967 yilda tug‘ilgan, D.Sh.ni urib yuborgan. Oqibatda jabrlanuvchi olgan tan jarohatlaridan hodisa joyida vafot etgan.
Foto: Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi
Holat yuzasidan Yangiyo‘l tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi