Harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha Rossiya Federal xizmati direktori o‘rinbosari Vladimir Drojkovning ma’lum qilishicha Yerevanda tashkil etilgan “ArmHiTech-2018” qurol-yarog‘ ko‘rgazma doirasida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida shartnoma imzolangan.
Mazkur shartnomaga muvofiq Rossiya O‘zbekistonga o‘ndan ziyod “Mi-35” vertolyotlarini yetkazib beradi.
“ Shartnoma imzolandi. Endilikda O‘zbekistonga “Mi-35” vertolyotlarini yetkazib beramiz. Mazkur mamlakat bilan harbiy-texnik hamkorligimiz izchil rivojlanmoqda”, degan V.Drojkov ko‘rgazmada jurnalistlarga.
Xabarda 2016 yilda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolangani, unga muvofiq Rossiya ichki narxlarda mamlakatimizga qurol-yarog‘ yetkazib berishi eslatilgan.
Ma’lumot uchun: “ Mi-35” vertolyoti zarba beruvchi harbiy-texnika hisoblanadi. Uning uchish tezligi soatiga 300/km.gacha yetishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi