Bosh prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamentining Samarqand tuman bo‘limi tomonidan maxsus tadbir o‘tkazildi.
Unda Samarqand shahar 1-son tug‘uruq majmuasi akusher-ginekolog shifokorlari F.M. va N.R. oldindan til biriktirib V. va N.dan tibbiy jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgani hamda muolajalar evaziga 150 AQSh dollarini pora tariqasida olayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandilar.
Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prokuraturaga yuborilgan.
Bundan tashqari, departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Samarqand viloyati perinatal markazi shifokori G‘.K. o‘z xizmat mavqeidan foydalanib J.R.ning turmush o‘rtog‘i, bemor M.Sh.ga jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganini aytib, 800 ming so‘m pul talab qiladi.
Nafsi buzuq shifokor pulning 300 ming so‘m pulini pora tariqasida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushdi. Hozirda mazkur shifokor G‘.K.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?