4 711
Avtomobillarni notarial tasdiqlovsiz ijaraga berishga doir qonun loyihasi ako‘rib chiqildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar avtomobillarni notarial tasdiqlovsiz ijaraga berishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqdilar. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining axborot xizmati xabar berdi.
"Birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilgan "O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 565-moddasiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi siyosiy partiyalar fraksiyalarining qizg‘in baxs-munozaralari ob’ektiga aylandi", — deyiladi xabarda.
Xabarda aytilishicha, loyiha bilan jismoniy shaxslar tomonidan avtomototransport vositalarini ijaraga berish shartnomasini uning notarial tasdiqlovisiz bir oy muddatga huquqiy jihatdan rasmiylashtirish masalalarini soddalashtirishni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda. Hozirgi paytda milliy qonunchilik avtomototransport vositalarini ijaraga berish shartnomasini notarial tasdiqlashni talab etadi.
Siyosiy partiyalar fraksiyalari, ayniqsa "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi fraksiyasi a’zolari O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish bo‘yicha prezident tomonidan belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda mazkur qonun loyihasi normalarini takomillashtirish zarurligiga alohida e’tibor qaratdilar.
Avtomobillarni qisqa muddatga ijaraga berish (karshering) bo‘yicha dastlabki xizmatlarni O‘zbekistondagi to‘rt turistik markaz — Buxoro, Toshkent, Samarqand va Xorazmda ishga tushirish rejalashtirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi