Oliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisida so‘zlagan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri A.Komilov O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan delegatsiya almashinuvi natijasida yanvar-may oylarida 33 biznes-forum tashkil etilganini qayd etdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.
Ushbu davrda 200 taqdimot va davra suhbatlari takshil etilib, O‘zbekistonning iqtisodiy imkoniyatlari va eksport salohiyati haqida ma’lumotlar berildi.
Xorijiy ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston investitsiya imkoniyatlari haqida 290 material chop etildi. Ular orasida Yevropa, Osiyoning rivojlangan davlatlari, AQSH va boshqa mamlakatlarning yetakchi OAVlari bor.
O‘zbekistonning diqqatga sazovor turistik manzillari haqida 13 davlatning 29 telekanali orqali qo‘rsatuvlar namoyish etildi.
Bunday chora-tadbirlar natijasida, shuningdek O‘zbekistonga ayrim davlatlar fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etilgani, viza muddatlari uzaytirilgani yurtimizga kelayotgan sayyohlar oqimini kuchaytirdi. O‘tgan besh oyda O‘zbekistonga 2,2 milliondan ortiq xorij fuqarolari tashrif buyurdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 93 foizdan ko‘proqdir.
O‘zbekiston turistik salohiyatini yanada rivojlantirish uchun ziyorat turizmini chuqurlashtirish va kengaytirish ustida ish olib borilmoqda.
Shuni ham qayd etib o‘tish kerakki, murojaatlar va ular bilan ishlash dolzarb masaladir. Bu borada Tashqi ishlar vazirligiga joriy yilning o‘tgan davrida Prezident virtual qabulxonasi orqali mingga yaqin murojaat kelib tushgan. 700 dan ziyodi belgilangan tartibda hal etilgan, qolganlari ko‘rib chiqilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi