21:30 / 05.07.2018
6 107

Bosh vazir o‘rinbosari Kattaqo‘rg‘ondagi voqeaga munosabat bildirdi

Bosh vazir o‘rinbosari Kattaqo‘rg‘ondagi voqeaga munosabat bildirdi
Bosh vazir o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzilla Narbayeva 4 iyul kuni internet tarmoqlarida tarqalgan Kattaqo‘rg‘on militsiya bo‘limida ayolning yechintirilib tahqirlangani bilan bog‘liq voqeaga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

“Samarqandlik ayol bilan bo‘lgan voqea — bu albatta, hech qaysi odob va ahloq qoidalariga to‘g‘ri kelmaydi. Avvalo gap shu “erkak” tarbiyasining darajasi to‘g‘risida bo‘lishi kerak.

Bu holat mutlaqo ichki ishlar idoralari faoliyatiga daxldor emas, aksincha, bu nufuzli vazirlik o‘z saflarini nopok, qo‘pol xodimlardan tozalayapti.

Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi ayollar bilan, u qanday xato qilib qo‘yganidan qat’iy nazar, bunday munosabatda bo‘lishga mutlaqo qarshi! Biz barcha ayollarimizni himoya qilish borasida o‘z faoliyatimizni olib bormoqdamiz. Hozirgi kunda oilada, mehnat jamoasida, ko‘cha-kuyda ayol zo‘ravonlik qurboni bo‘lsa, biz albatta uni himoya qilamiz.

Bu borada har bir tumanlarimiz va shaharlarda ayollarga yordam beradigan markazlar tashkil qilinmoqda, shu bilan birga zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan maxsus qonun yaratilishi ustidan ham ish olib borilmoqda.

Mazkur voqea barcha xotin-qizlarimizning nafratini uyg‘otdi, buni ijtimoiy tarmoqlardagi qizg‘in muhokamalar ko‘rsatmoqda.

Biz Bosh prokuratura tomonidan qo‘zg‘atilgan tergov ishi yakunlarini kutamiz va shu ayolning muammosi bilan albatta shug‘ullanamiz”, deb yozgan Bosh vazir o‘rinbosari o‘zining sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq 2018 yil 4 iyul kuni Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahar IIB tezkor vakili, ayolni tahqirlagan S. Umarovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh vazir o‘rinbosari Kattaqo‘rg‘ondagi voqeaga munosabat bildirdi