4 403
Tohir Malik: “Men tungi klubga borib ko‘rganman. U joylarni o‘z nomi bilan «buzuqlik klubi” deylik» (video)
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik “Yoshlar” teleradiokanalida tungi klublarga bag‘ishlangan ko‘rsatuvda ishtirok etdi va tungi klub masalasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Matematikada aksioma, degan tushuncha bor. Bu isbot talab qilmaydigan haqiqatga nisbatan qo‘llaniladi.
Tungi klublar bo‘masligi kerak. Bu — aksioma! Tamom!
Bu yerda o‘tirganlarning ko‘pchiligi tung klublarga kirmagan, men esa kirganman. Chol odam, diskoteka va tungi klublarga kirganman. 15 yilcha bo‘lib qoldi, “Talvasa” degan romanimga ma’lumot yig‘ish uchun kirganman, o‘rganganman.
Kirsangiz, ruhiy tomondan maxluqdan farqi yo‘q u yerdagi insonlarning. Odam emas ular. Chunki ularning ichida ko‘pi giyohvand. Qo‘lida biror belgi bo‘lmasa ham, burni orqali tortishadi.
U yerga kiruvchi qizlarning aksariyati fohishami — fohisha! Xo‘p shunday ekan, “tungi klub” demaylik, o‘z nomi bilan ataylik — “buzuqlik klubi” u yer.
Domla (imomga qarata — tah.), sizlar ba’zan juda yumshoqlik qilasizlar tushuntirishda, aslida sal qattiqroq gapirish, qattiqroq fatvolar berish kerak. Chunki oddiy narsa-ku?! Mana shu buzuq joydan topilgan daromadni nima deb atash mumkin? Hamma narsani o‘z nomi bilan atash kerak.
Yana bitta narsa. O‘sha joyda, mana sizlarda (huquq-tartibot organi xodimiga qarata — tah.) ma’lumotlar ham borku, giyohvand moddalar — afyun sotuvchilarning ko‘pi o‘sha joylarda ushlanadi. O‘sha yerlarda afyunfurushlik, ya’ni qoradori sotish urchigan.
Undan tashqari, o‘shanda, qiziqib yurgan paytimda bir narsani aniqlaganmiz. Bu — yozgan kitobimda ham o‘z aksini topgan. Afyunfurushlar juda aqlli odamlar bo‘lishadi. Huquq-tartibot organlari xodimlari o‘ylamaydigan narsalarni o‘ylab topishadi.
Ular konditsioner ostiga ozgina giyohvand modda tashlab qo‘yishadi. U havo orqali purkalib, havoga aralashib, yoshlarning dimog‘i orqali organizmga kiradi va yoshlarda allaqanday ko‘tarinkilik holati paydo bo‘ladi. Ya’ni, o‘sha qondagi shayton vasvasa qila boshlaydi-da. Ertaga uning yana kelgisi keladi.
Qozonga yaqin yursang — qorasi, yomonga yaqin yursang — balosi bqadi, deydilar. “Biz falonchining bolasi nima bo‘lsa bo‘lsin, o‘tiraversin tungi klubida”, demaylik. Unday yomonning yomonligi yaxshilarga ham yuqadi.
Shu sababli bu kichkina masala emas, bir odamning fojiasi, bir inson umrining tugashi ham emas. Bu — jamiyatni uyg‘otadigan hodisa bo‘lmog‘i kerak. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi