9 043
O‘zbekiston hukumati a’zolari korteji YTHga uchradi, Abdulla Aripov va Alisher Sultonov jarohatlandi (foto)
20 avgust kuni O‘zbekiston hukumati rahbariyati korteji Toshkent viloyati Bekobod tumani hududida yo‘l-transport hodisasiga uchradi.
“Kun.uz” manbasi aniqlik kiritishicha, Bekobod tumaniga ketayotgan kortej Dehqonobod MFY yaqinida avariyaga uchragan.
Bosh prokuraturadan “Kun.uz”ga tasdiqlashlaricha, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan “Damas” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, kortejga urilgan. Ushbu YTH oqibatida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va uning o‘rinbosari, “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi boshqaruvi raisi Alisher Sultonov jarohat olgan.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, kortejning bosh qismidagi Alisher Sultonov bo‘lgan avtomobil jiddiy shikastlangan, bosh vazir o‘rinbosari hamda uning yonida bo‘lganlar tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ayni vaqtda ular shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.
Bosh vazir Abdulla Aripov mingan avtomobil esa kortejning orqarog‘ida bo‘lgan va YTH vaqtida jiddiy shikastlanmagan. Aripov va uning yonidagi yana bir kishi ham yengil tan jarohati olgan, ularning salomatligi barqaror holatda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi