10:27 / 01.09.2018
5 796

MDH da birinchi boʻlib 4K formatli “Lux.TV” 4K telekanalini ishga tushirilmoqda

MDH da birinchi boʻlib 4K formatli “Lux.TV” 4K telekanalini ishga tushirilmoqda
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda “Lux.TV” telekanali faoliyatini yoʻlga qoʻyilmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining raisi oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi saxifasida eʼlon qildi.

Raqamli televideniyega oʻtish boʻyicha Davlat dasturi doirasida Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda 2018 yilning 1 sentyabridan MDH mamlakatlari va Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi boʻlib mutlaqo yangi hisoblangan 4K formatli yuqori tiniqlikdagi 24 soat uzluksiz namoyish etuvchi “Lux.TV” 4K telekanalini ishga tushirmoqda.

“Lux.TV” 4K telekanalini Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining texnik va texnologik imkoniyatlarini namoyish etuvchi yuqori darajali brendi desak, mubolagʻa boʻlmaydi.

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi esa bu kabi yangiliklarni kashf etish va izlanishda davom etadi hamda aziz xalqimiz farovonligi yoʻlida zamon bilan doim hamnafasdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MDH da birinchi boʻlib 4K formatli “Lux.TV” 4K telekanalini ishga tushirilmoqda