00:24 / 11.09.2018
3 857

Dunyodagi ilk telekoʻrsatuv qaysi ekanini bilasizmi?

Dunyodagi ilk telekoʻrsatuv qaysi ekanini bilasizmi?
Zamonaviy xonadonni televizorsiz tasavvur etish mushkul. Biroq sivilizatsiyaning bu yutugʻini bizga kimga sovgʻa qilgani haqida oʻylab koʻrganmisiz? Birinchi koʻrsatuv qachon paydo boʻlgani haqida-chi? Bugun aynan shu haqida soʻz yuritamiz.

Maishiy texnikaning bu predmeti kashfiyotchisining aniq ismini aytish mushkul. Axir uni ishlab chiqish ustida bir necha kishi ish olib borgan. Biroq olim Paul Nipkovni eslab oʻtmaslikning iloji yoʻq. Aynan u sababli maxsus tirqishli disk yaratilgan. Bu qurilma tasvirlarni ekranga uzatish uchun skaner qilgan. U XIX asr boshlaridagi ilk televizorlarning ajralmas qismi edi.

Bu innovatsiyadan ilhomlangan shotlandiyalik olim Jon Berd mexanik telepriyomnikni yaratdi. Uni koʻp miqdorda ishlab chiqarish maqsadida aynan shu nomdagi korporatsiyaga asos qoldi. Oʻsha paytdagi televizion tizim zamonaviy variantga oʻxshamasdi: u faqat suratni koʻrsatardi, ovozni yetkazib bermasdi.

Biroq Bredning TV-qurilmalari BBC radiosidan foydalanish imkonini beradigan oʻrtacha uzunlikdagi toʻlqinga yaxshi sozlanardi. Bu Bred televizorlarining afzallik jihati edi. Aynan shu oʻziga xoslik boʻlajak teleuzatish kelajagiga aylandi. Ilk eshittirish efirga 1924 yilda chiqdi. Jon oʻz qurilmasini Soxo doʻkonlaridan birida namoyish etishga qaror qildi.

Tasvir juda kichik boʻlgan – gugurt qutichasining yarmidan katta boʻlmagan. Bundan tashqari, tasvir sifati va kengaytmasi juda yomon boʻlgan, shuningdek, doimiy ravishda titrardi. Yarim tonlarning baribir rang boʻlib koʻringani sabab aktyorlarning yuzi aniq koʻrinmasdi.

Bredning debyuti muvaffaqiyatsiz boʻlganiga qaramay, u ortga chekinmadi. Ikkinchi urinish 1926 yilda amalga oshirildi. Ana endi buni toʻliq teleseans deb atash mumkin edi. U ommani hayratga soldi. Axir ular ilgari bunga oʻxshash narsaga guvoh boʻlishmagan.

Olim shu bilan toʻxtadi deb oʻylaysizmi? Albatta yoʻq. Ikki yil oʻtgach, u dunyoga haqiqiy rangli televizorni taqdim etdi va yana bir rolikni rangli tarzda namoyish qildi. Demak, uning nomini rangli televideniye ilk kashfiyotchilari roʻyxatiga kiritish mumkin. Keng omma televizordan taxminan 30 yildan keyin foydalana boshladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dunyodagi ilk telekoʻrsatuv qaysi ekanini bilasizmi?