14:39 / 24.09.2018
5 212

Huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarga mukofot beriladi

Huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarga mukofot beriladi

Yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hukumat qarori qabul qilindi.

“Huquqiy axborot” kanalining yozishicha, qarorga muvofiq, 2019 yil 1 iyuldan boshlab:
  • transport vositasidagi videoregistratorlar qayd etgan huquqbuzarlik holatlari aks etgan videoyozuvlar maxsus avtomatlashtirilgan texnika (foto va videoradar) qayd etgan videoyozuvlarga tenglashtiriladi;
  • tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar jamoat transporti va yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar uchun avtotransport vositalariga videoregistratorlar oʻrnatish boʻyicha majburiy tartib joriy etiladi;
  • huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi videoyozuvlarni yuborgan shaxslar eng kam oylik ish haqining besh foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi;
  • huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi videoyozuvlarni taqdim etgan shaxslar haqidagi maʼlumotlar oshkor etilmaydi.

Shuningdek, qaror bilan Jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga oʻrnatilgan videoregistratorlar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi videoyozuvlarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Shu bilan birga nizom ayrim masalan, xavfsizlik kamari taqmaslik, tezlikni oshirish, mast holda boshqarish, piyodalarning yoʻl harakati qoidalarini buzishi kabi huquqbuzarliklarga tatbiq etilmaydi.

Ichki ishlar vazirligiga 2019 yil 1 iyulga qadar videoregistratorlar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari haqidagi videoyozuvlarni toʻplovchi markazlashtirilgan tizimni ishga tushirilishini taʼminlash vazifasi yuklandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarga mukofot beriladi