09:26 / 28.09.2018
3 899

Irakliy Kashibadze: “Oʻzbek xalqi juda tadbirkor, ishbilarmon, yuqori salohiyatga ega”

Irakliy Kashibadze: “Oʻzbek xalqi juda tadbirkor, ishbilarmon, yuqori salohiyatga ega”
Foto: “egovernment.uz”
“ICTWЕYEK 2018” AKT haftaligi doirasida “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida gruziyalik ekspert va maslahatchi Irakliy Kashibadze ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi. Bu haqda markaz matbuot xizmati xabar berdi.

Irakliy Kashibadze “Future Laboratory” konsalting kompaniyasi bosh direktori hisoblanadi. U innovatsion va startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlovchi ekotizimlarni rivojlantirish bilan faol shugʻullanib keladi.
Seminarda markaz hodimlari hamda Tashqi savdo vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi Markaziy bank, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi singari davlat tashkilotlarining vakillari ishtirok etishdi.

Gruziyalik ekspert-maslahatchi “Gruziyaning elektron tijoratni rivojlantirish tajribasi” hamda “Raqamli transformatsiya jarayonida investitsiyalarning qaytishiga qanday erishish mumkin?” mavzulariga bagʻishlangan taqdimotlarni oʻtkazdi.

Foto: “egovernment.uz”
Kashibadzening fikricha, ye-tijoratning afzalliklari haqida hududlarda xabardorlik darajasini oshirish juda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, elektron tijorat bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan tadbirkorlarning bilim va koʻnikmalarini doimiy ravishda oshirib borish darkor.

Gruziya va boshqa mamlakatlarning maksimal iqtisodiy foyda olish va raqamli transformatsiya jarayonida investitsiyalarning qaytishiga qanday erishish mumkinligi, elektron hukumat tizimini joriy etish borasida keltirilgan misollar bilan tanishish tadbir katnashchilari uchun qiziqarli kechdi.

“Oʻzbek xalqi juda tadbirkor, ishbilarmon, u yuqori salohiyatga ega. Islohotlar juda tezkor surʼatlarda amalga oshirilayotgani odamni quvonitiradi”, – deydi Kashibadze.

Seminar yakunida tinglovchilar sohada Gruziyaning tajribasi va erishgan yutuqlari haqida olingan qiziqarli maʼlumotlar va misollar uchun ekspert-maslahatchiga minnatdorlik bildirishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Irakliy Kashibadze: “Oʻzbek xalqi juda tadbirkor, ishbilarmon, yuqori salohiyatga ega”