14:25 / 29.09.2018
4 536

Mirziyoyev MDH davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Mirziyoyev MDH davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi
MDH davlatlari barcha bojxona va savdo toʻsiqlarini bartaraf etishlari kerak, dedi Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Dushanbe shahrida MDH davlat rahbarlari kengashi majlisida soʻzlagan nutqida.

“Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmining yuqori darajadagi oʻsish surʼatlarini taʼminlash maqsadida bojxona tartib-taomillarini imkon qadar soddalashtirish, savdo sohasidagi mavjud barcha toʻsiq va cheklovlar, jumladan, texnik gʻovlarga barham berish lozim, deb hisoblaymiz”, – dedi Oʻzbekiston prezidenti.

Jahon iqtisodiyotidagi murakkab jarayonlar, “savdo urushlari” keskinlashib, proteksionizm kuchayib borayotgan bugungi sharoitda MDH erkin savdo zonasining toʻlaqonli faoliyat yuritishi va oʻzaro bozorlarni shakllantirish hal qiluvchi masalalarga aylanishi lozim, dedi u.

Qayd etilishicha, tariflar boʻyicha oʻzaro imtiyozlar berishga doir yagona mexanizmni joriy etgan holda, xalqaro va mintaqaviy transport yoʻlaklaridan samarali foydalanish, barcha turdagi transportlar bilan yuk tashishga oid talablarni birxillashtirish va turli toʻsiqlarni bartaraf etish, logistika markazlarini rivojlantirishga qaratilgan ishlarni davom ettirish muhimdir.

“Oʻzaro mahsulot yetkazib berishda “yashil yoʻlaklar”ni keng joriy etish qishloq xoʻjaligi sohasidagi samarali hamkorlikka xizmat qiladi. MDHning Agrosanoat kompleksi masalalari boʻyicha kengashi va qishloq xoʻjaligi sohasidagi boshqa tuzilmalari faoliyatini faollashtirish zarur, deb hisoblaymiz”, – dedi Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mirziyoyev MDH davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi