21:21 / 03.10.2018
4 766

Janubiy Koreyada ishlash istagidagi fuqarolar uchun test sinovlari 8-12 oktyabr kunlari oʻtkaziladi

Janubiy Koreyada ishlash istagidagi fuqarolar uchun test sinovlari 8-12 oktyabr kunlari oʻtkaziladi
Foto: “Xabar.uz”
Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Janubiy Koreyada shartnoma asosida mehnat qilib, qaytgan va takroriy borish istagidagi fuqarolar uchun 8-12 oktyabr kunlari test sinovlari oʻtkazilishini maʼlum qildi.

Xorijda qonuniy yoʻl bilan ishlash uchun Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va uning joylardagi byurosiga murojaat qilish kerak. Ulardan olingan maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning oʻtgan davrida Koreyaga bir yarim ming nafar, Rossiyaga yetti yuzdan koʻproq, Turkiyaga uch yuzga yaqin, Polshaga besh nafar yurtdoshimiz qonuniy yoʻl bilan yuborilgan.

Maʼlumotlarga koʻra, Koreyaga belgilangan kvota uch ming yuzta boʻlib, qolgan nomzodlar ish beruvchining tanlovini kutib turibdi. Shuningdek, Latviya bilan tuzilgan kelishuvga asosan kelgusi yildan boshlab mavsumiy ishlarda ishlash uchun yurtdoshlarimiz jalb etiladi.

Xorijda ishlash uchun borish istagini bildirgan fuqarolarga “Oʻzbekiston temir yoʻllari”, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” chiptalariga chegirmalar, shuningdek, chipta xarid qilish xarajatlarini qoplash uchun bir yilda bir marotaba 300 ming soʻm miqdoridagi begʻaraz toʻlov taqdim etilmoqda.

Joriy yilning 2 aprelidan 27 sentyabr sanasiga qadar 300 ming soʻm miqdoridagi begʻaraz koʻmakni 26 ming 200 nafar yurtdoshimiz “Aloqabank” orqali olishga erishdi. Bundan tashqari, mehnat migrantlari transport va boshqa xarajatlari uchun “Ipotekabank” orqali 1000 dollargacha kredit olishi mumkin.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiya, Polsha, Janubiy Koreya kabi davlatlar bilan tashqi mehnat migratsiyasi sohasida faol hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻygan. Ular xorijda ishlash istagini bildirgan fuqarolarimizga zarur sharoitlar yaratishga koʻmaklashmoqda. Yurtimizning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan mintaqaviy byurolarda xorijga ketuvchi fuqarolar oʻqitilib, ularga huquqiy maslahatlar berilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Janubiy Koreyada ishlash istagidagi fuqarolar uchun test sinovlari 8-12 oktyabr kunlari oʻtkaziladi