2018 yilgi paxta terimi mavsumida sustkashlikka yo‘l qo‘ygani, paxta terimiga yetarli miqdorda terimchilar jalb eta olmagani uchun respublika bo‘ylab 10ta tuman va shahar hokimlari ishdan bo‘shatilishi mumkin.
«Kun.uz» nashri xabar berishicha, 14 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida bo‘lib o‘tgan paxta yig‘im-terimiga bag‘ishlangan selektor yig‘ilishda viloyat hokimlariga 15 oktyabr kunigacha 10 nafar hokim bo‘yicha taqdimnoma kiritish topshiriq qilingan.
Ya’ni, bu hokimlar yig‘ilish vaqtida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishdan olinmagan, viloyat hokimlari ular to‘g‘risida taqdimnoma kiritgach, ishdan ketishi mumkin.
Manbaning ma’lum qilishicha, ishini yo‘qotishi xavfi ostida qolgan hokimlardan biri Angren shahri hokimi Hakimjon Abdulazizovdir. O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirining sobiq o‘rinbosari hisoblangan Abdulazizov 2017 yilning sentyabrida Angren shahri hokimiga aylangandi.
Bundan avvalroq yig‘ilish vaqtida 100dan ortiq mahalliy rahbarlarga (tuman hokimlari, tuman prokurorlari, tuman IIB boshliqlari va tuman DSI boshliqlari) paxta sabab intizomiy choralar qo‘llangani (ularning bir qismi ishdan olingan, bir qismiga hayfsan berilgan yoki ikki oylik maoshidan mahrum etilgan) haqida xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, 12 oktyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bo‘ka tumaniga tashrif buyurib, paxta terimini ko‘zdan kechirgandi. Prezident tashrifi davomida qator kamchiliklar aniqlangan. Ayrim davlat amaldorlarining faoliyati tanqidga uchragan.
Tashrifi yakunida viloyatdagi 5 tuman hokimi ikki oylik maoshidan mahrum qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi