Yunusobod tumanida gaz idorasi xodimi xonadonini gaz tarmog‘iga ulab berishni va’da qilib, fuqarodan 1 mln. so‘m va 300 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olayotganda ushlandi.
Toshkent shahar hududiy gaz ta’minot filiali 7-sonli Yunusobod tumanlararo gaz ta’minoti xodimi I. Roziqov firibgarlik uchun qo‘lga olindi, deya xabar qildi O‘zA.
Uning noqonuniy harakatlari yuzasidan fuqaro L. Abduqodirov Majburiy ijro byuroning Toshkent shahar Yunusobod tuman bo‘limiga ariza bilan murojaat qilgan.
Murojaat bo‘yicha tekshirishda, I. Roziqovning L. Abdulqodirovning xonadonini tabiiy gaz tarmog‘iga ulab berish va tegishli tashkilotlardan hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilib, undan kelishuvga ko‘ra, 1 mln. so‘m va 300 AQSh dollari miqdoridagi naqd pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ushlangan.
Holat bo‘yicha I. Roziqovga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi