19:43 / 29.10.2018
2 563

Tadbirkorlarga bank hisobvaraqlarini masofadan ochishga ruxsat berildi

Tadbirkorlarga bank hisobvaraqlarini masofadan ochishga ruxsat berildi
Markaziy bank Boshqaruvining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb yozmoqda Norma.

Birinchidan, banklar tomonidan bank hisobvarag‘ini ochish va unga xizmat ko‘rsatish chog‘ida tadbirkorlik sub’ektlaridan hujjatlarga muhr qo‘yish yoki hujjatlarni muhr bilan tasdiqlashni talab etish taqiqlandi.

Tadbirkorlik sub’ektida muhr mavjud bo‘lgan taqdirda ham ushbu taqiq qo‘llaniladi. Tadbirkorlik sub’ektlari turlari (yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalar, yirik biznes) bo‘yicha ham farqlanmaydi.

Endi hujjatlar aylanmasida faqat imzolar namunalari qo‘yilgan varaqchalardan (ilgari – imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchalar) foydalaniladi. Tadbirkorlik sub’ektlari va ular sirasiga kirmaydigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun varaqchalarning yangi namunalari tasdiqlandi.

Ikkinchidan, ta’sischilari O‘zbekiston rezidenti – jismoniy shaxslardan iborat bo‘lgan yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tish jarayonida milliy va chet el valyutasidagi bank hisobvarag‘ini masofadan turib ochishlari mumkin.

Bank hisobvarag‘ini ochishda bank hisobvarag‘i shartnomasi ofertasini akseptlash (ya’ni bank taklif etayotgan shartlarga so‘zsiz rozilik berish) yo‘li bilan tuziladi.

Shu bilan birga yuridik shaxslar faqat imzolar namunalari qo‘yilgan varaqcha (2 nusxada), shuningdek birinchi va ikkinchi imzo egalarining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgandan keyingina to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin. Bank xodimlari shaxsiy hujjatlardan nusxa olib, aslini qaytarib beradilar.

Hujjat 25.10.2018 yildan kuchga kirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tadbirkorlarga bank hisobvaraqlarini masofadan ochishga ruxsat berildi