Moliya vazirligi gaz-zapravkalar tomonidan narxning 17 foizga oshirilishini asossiz ekanligi va agar narxlar 15 noyabrgacha bo‘lgan holatga qaytmasa, tegishli choralarni ko‘rishga majbur bo‘lishini ma’lum qilgan.
Shu yilning 16 noyabridan avtomobillarga gaz quyish kompressor stansiyalari orqali quyilayotgan gaz narxlari tahlili shuni ko‘rsatdiki, ular tomonidan realizatsiya qilinayotgan tabiiy gaz narxi 300-400 so‘mga qimmatladi (1700-1800 so‘mdan 2000-2200 so‘mgacha).
Moliya vazirligi xabariga ko‘ra, avtomobillarga gaz quyish kompressor stansiyalari orqali realizatsiya qilinayotgan tabiiy gaz narxini oshirishga asos yo‘q.
"Moliya vazirligi gaz-zapravkalar tomonidan narxning 17 foizga oshirilishini asossiz, deb biladi. Agar narxlar 15 noyabrgacha bo‘lgan holatga qaytmasa, tegishli sanksiyalarni ko‘rishga majbur bo‘ladi. Jumladan, transport vositalari uchun benzin, dizel yonilg‘isi va gaz iste’moli uchun soliq stavkasini ko‘paytirish orqali noqonuniy yo‘l bilan olinayotgan daromadlarni olib qo‘yish taklifi bilan chiqishga yoki boshqa fiskal choralarni ko‘rishga majbur bo‘ladi", - degan vazirlik xabarida.
Ma’lumot uchun: 16 noyabrga qadar gaz-zapravkalarga yetkazib berilayotgan 1 kubometr tabiiy gazning narxi — 789 so‘m 74 tiyin (buning 289,74 tiyini — tabiiy gazning ulgurji sotish narxi, 500 so‘mi — maxsus investitsiya ustama haqi).
Hozirgi paytda Davlat raqobat qo‘mitasi, “O‘zdavneftgazinspeksiyasi” va davlat soliq xizmati organlariga qonunchilikda belgilangan tartibda nohalol raqobat faktlarini aniqlash maqsadida gaz-zapravkalarda narxlar ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish bo‘yicha topshiriq berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi