Moliya vazirligining «Fuqarolar uchun 2019 yil byudjeti» loyihasida o‘qituvchilarning ish haqi oshirilishi jadvali ham kiritilgan. Bu haqda “Ma’rifat” gazetasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, 2019 yilda umumiy ta’lim va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini moliyalashtirish uchun jami 17 100,1 milliard so‘m yoki umumiy byudjet xarajatlarining 60,2 foizini ajratish ko‘zda tutilgan.
Jadvalga ko‘ra, 2019 yil 1 yanvardan boshlab boshlang‘ich va o‘rta sinf o‘qituvchilari toifasiga qarab 1 614 581 so‘mdan 2 225 864 so‘mgacha ish haqi oladilar.
Maktab direktori guruhiga qarab 2 236 441 so‘mdan 2 532 184 so‘mgacha ish haqi oladi. Direktor o‘rinbosarlari uchun ish haqi miqdori 2 387 979 so‘mgacha, psixologlar uchun — 1 453 123 so‘mgacha, kutubxonachilar uchun esa 966 740 so‘mgacha oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, sinf rahbarligi uchun EKIHning 10 foizgacha miqdorida, daftarlarni tekshirganlik uchun 50 foizgacha miqdorda va 40 foizgacha bo‘lgan miqdorda rahbariyat hisobidan kasbiy mahorat uchun ustamalar ham to‘lanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi