Oliy Majlis Senati majlisida senatorlar «Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ko‘rib chiqdi. Bu haqda «O‘zA» xabar berdi.
Qonunda himoya qilinuvchi shaxslar ro‘yxati nazarda tutilmoqda, ularning himoyasini ta’minlovchi davlat organlari doiralari belgilanmoqda.
Hujjatga muvofiq, ichki ishlar organlari, davlat xavfsizlik xizmati organlari, prokuratura organlari, sudlar himoyani ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi organlar hisoblanadi. Shu bilan birga, ichki ishlar organlari, davlat xavfsizlik xizmati organlari, harbiy qismlar va Qurolli Kuchlar harbiy tuzilmalarining yuqori turuvchi qo‘mondonligi xavfsizlik choralarini ta’minlashi, aholini ijtimoiy himoya qiluvchi organlar va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boshqa organlar esa ijtimoiy himoya choralarini ta’minlashi belgilab qo‘yilmoqda.
Ta’kidlanishicha, qonunda himoya qilinuvchi shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash, shaxsni, uy-joyni va boshqa mol-mulkni qo‘riqlash, maxsus individual himoya vositalarini va texnik vositalarni berish, vaqtinchalik xavfsiz joyga joylashtirish, boshqa yashash joyiga ko‘chirish, ish yoki o‘qish joyini o‘zgartirish, hujjatlarni almashtirish, himoya qilinuvchi shaxs haqidagi ma’lumotlardan foydalanishni cheklash kabi xavfsizlik choralari nazarda tutilmoqda.
Bundan tashqari, himoya qilinuvchi shaxslarning shaxsiy va mulkiy xavfsizlikni ta’minlash, ijtimoiy himoya choralarini qo‘llash, qo‘shimcha xavfsizlik choralarini qo‘llash haqidagi ariza bilan murojaat etish, himoya qilishni ta’minlovchi organlarning qarorlari va harakatlari ustidan yuqori turuvchi organga shikoyat qilish bo‘yicha huquqlari va majburiyatlari belgilanmoqda.
Shu bilan birga, qonunga ko‘ra himoya qilinuvchi shaxslar xavfsizlik choralarini ta’minlovchi organning qonuniy talablarini bajarishi, o‘ziga nisbatan qilingan har bir tahdid yoxud g‘ayriqonuniy harakatlar to‘g‘risida ularni darhol xabardor qilishi, xavfsizlikni ta’minlash uchun o‘ziga berilgan mol-mulkni asrab-avaylashi, o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan xavfsizlik choralari haqidagi ma’lumotlarni oshkor etmasligi shart.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi